Google Docs bilan ishlash



This content originally appeared on DEV Community and was authored by Jasur Kurbanov

Preview

📄 1.2 Google Docs bilan ishlash

Google Docs — bu onlayn matn muharriri bo‘lib, siz hujjatlarni internet orqali yaratish, tahrirlash va boshqalar bilan real vaqt rejimida bo‘lishish imkoniyatiga egasiz. GLOBUZ viza markazida barcha hujjat almashinuvi aynan Google Docs orqali amalga oshiriladi.

🎯 Nima o‘rganasiz:

  • Yangi hujjat yaratish
  • Matn yozish va formatlash (bold, kursiv, heading, rang, underline)
  • Rasm va havola qo‘shish
  • Jadval yaratish va dizayn berish
  • Sahifa raqamlarini kiritish
  • Hujjatni boshqalar bilan ulashish (“Share”)

🎓 O‘rganish uchun video qo‘llanma:

Google Docs Tutorial for Beginners 2025

▶ https://www.youtube.com/watch?v=aoMMDlwEtwM

🧩 Amaliy topshiriq:

Video darslikni tugatgandan so‘ng quyidagi topshiriqni bajaring:

📄 Referat tayyorlash

Ushbu topshiriq sizning Google Docs bilan ishlash ko‘nikmalaringizni sinovdan o‘tkazadi. Quyidagi talablarga amal qilgan holda referat yozing va yakunida hujjatni belgilangan emailga ulashing.

🎯 Topshiriq mavzusi:

Quyidagi mavzulardan birini tanlab, referat yozing:

  • 🇮🇹 Italiyadagi mashhur turistik joylar
  • 🇫🇷 Fransiyadagi mashhur turistik joylar

📌 Talablar:

📃 Tuzilishi:

  • Kamida 3 sahifa (Google Docs, A4 format)
  • Kamida 1000 ta so‘z
  • O‘zbek tilida yozilgan
  • Matn strukturasida bo‘limlar bo‘lishi kerak: Kirish, Asosiy qism, Xulosa

🖼 Rasm qo‘shish:

  • Kamida 3 ta rasm
  • Har bir rasm ostida sarlavha bo‘lishi kerak (masalan: “Kolizey, Rim”)

🔗 Havolalar:

  • Kamida 2 ta havola (Wikipedia, sayohat bloglari yoki rasmiy saytlardan)
  • Havolani matn ichiga joylashtiring (masalan: Florensiya haqida ma’lumot)

📊 Jadval qo‘shish:

  • Kamida 1 ta jadval
  • Jadvalda kamida 5 ustun bo‘lishi kerak
  • Jadval mavzusi: “Eng mashhur 5 joy – tavsifi, manzili, narxi, ish vaqti, reyting”

Misol:

Joy nomi Manzili Narxi Ish vaqti Reyting
Eyfel minorasi Parij, Fransiya €25 09:00–23:45 4.7

🎨 Formatlash talablari:

  • Heading 1, Heading 2 sarlavhalari ishlatilgan bo‘lishi kerak
  • Matnda quyidagilar bo‘lishi kerak:
    • Bold matn
    • Kursiv matn
    • Underline matn
    • 🌈 Rangli matn
  • Sahifa raqamlari qo‘shilgan bo‘lishi kerak

📤 Yuborish tartibi:

  1. Tayyor bo‘lgan hujjatni Google Docs orqali quyidagi email manzilga ulashing:

    📩 jasurkurbanov96@gmail.com

  2. Sharing huquqi: “Editor” yoki “Commenter”

  3. Email mavzusi (agar xat bilan yuborilsa):

    Referat - [Ism Familiya]

✅ Baholash mezonlari:

Mezoni Talablar
Sahifa soni Kamida 3 sahifa
Matn tili To‘liq o‘zbek tilida
Rasm ishlatilishi Kamida 3 ta, sarlavhali
Jadval Kamida 5 ustun, 3+ qator
Formatlash Bold, kursiv, heading, rangli matn, sahifa raqami
Linklar Matn ichiga joylashtirilgan kamida 2 ta havola(link)
Bo‘limlar mavjudligi Kirish, asosiy qism, xulosa
Hujjatni ulash jasurkurbanov96@gmail.com bilan to‘g‘ri ulashilgan


This content originally appeared on DEV Community and was authored by Jasur Kurbanov